O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga!
2017-09-10 | Ekologiya
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2017-yilning 30-sentabrigacha 2018-yil uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot, me’yoriy-uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar Dasturini rejalashtirishni boshladi.
Mazkur Dasturni o‘z vaqtida samarali tayyorlash maqsadida arizalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Jamg‘armani boshqarish bo‘limiga joriy yilning 30-sentabriga qadar quyidagi ko‘rsatilgan talablarga muvofiq yuborilishi lozim:
Ariza shakli
1. Titul varag‘i.
2. Loyihaning tavsifi:
- Loyihaning nomi.
- Muammoning qo‘yilishi.
- Maqsadi.
- Rejalashtirilgan tadbirlar va masalalar.
- Yakuniy natijasi, samaradorligi.
- Bajarilish muddati.
- Bajariladigan ishlarning kalendar rejasi.
- “Bajaruvchi” tomonidan tasdiqlangan bajariladigan ishlarning qiymati hamda quyidagi tadbirga ishlatiladigan qiymatning tannarxini tasdiqlaydigan boshqa tegishli hujjatlar.
3. Bajaruvchi – tashkilot haqidagi to‘liq ma’lumot, ulardan, quyidagi tadbirni bajaruvchi tashkilotning nomi, manzili, telefon va hisob raqamlari.
Ma’lumot uchun tel. raqami: (+99871) 207- 07-70 abon.raqami (1016#)