O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari yaqinlashmoqda

2022-06-23 | Sport

Ertaga, 24-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari mash’alasi yoqiladi.

Ma’lumki, joriy yilning 27-iyul 8-avgust kunlari o‘tadigan VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlarida 26 ta mamlakatning 1650 nafar sportchisi 19 ta sport turining 273 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.   

Olimpiya o‘yinlarining kichik ko‘rinishi bo‘lgan ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Mamlakatimiz sportchi yoshlari qaysi sport turlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi? Sportni rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Akrom Nizomiddinov bizga shu haqda so‘zlab berdi.   Xitoyda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo o‘yinlarining epidemiologik vaziyat tufayli qoldirilishi joriy yil Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tadigan «Osiyo bolalari» o‘yinlari hamda Turkiyaning Konya shahrida tashkil etilayotgan «Islom birdamligi o‘yinlari» kompleks musobaqalarini asosiy sport tadbirlari maqomiga olib chiqdi.   

VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari bo‘lg‘usi olimpiyachilarning haqiqiy sport musobaqasi hisoblanadi. Unda Osiyo mamlakatlarining eng kuchli sportchilari qatnashadi. Ular orasida ko‘plab Jahon chempionlari, qit’a musobaqalarining g‘oliblari borligi bellashuvlarning shiddatli kechishidan darak bermoqda.  

Vladivostok o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari dasturdagi 17 ta sport turida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ular badminton, basketbol (3x3), boks, kurash, dzyudo, yengil atletika, mas-restling, mini-futbol, stol tennisi, suzish, sohil voleybol, miltiqdan o‘q otish, sambo, sport kurashlari, kamondan otish, taekvondo va badiiy gimnastika.   

Hozirda belgilangan sport turlarida tayyorgarlik ishlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, 17 ta sport turidan 170 nafar atrofida yosh sportchilarimiz bahslarda qatnashadi.   

«Osiyo bolalari» sport o‘yinlari 1996- yili zamonaviy Olimpiya harakatining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. 2019- yilgacha mazkur o‘yinlar faqat yozgi musobaqalar tarzida tashkil etilardi. Biroq, Janubiy Saxalin o‘yinlaridan so‘ng u qishki va yozgi o‘yinlar maqomiga ega bo‘ldi.

O‘yinlarning boshlanishi oldidan «Osiyo bolalari» musobaqalari «Mash’alasi estafetasi» tadbirlari alohida o‘rin tutadi.   

Ushbu tadbirni belgilangan Olimpiya talablari asosida uyushtirish maqsadida Vladivostok shahrida «Osiyo bolalari» o‘yinlarining mash’alasi va uning “yo‘l xaritasi” bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   

Manba: O'zA

Поделиться