O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

2022-07-08 | Sport

Joriy yilning 28-iyul – 8-avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026-yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun poytaxtimizda joriy yilgi olimpiada doirasidagi musobaqalar, shuningdek, 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o‘tkaziladigan tenderda munosib ishtirok etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashadigan mutasaddilar, musobaqalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari va delegatsiya tarkibi muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqa bo‘lib, 1924 -yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. FIDE bosh assambleyasi tomonidan 2026 yilgi olimpiada mezbonligi uchun eʼlon qilingan tenderda xalqaro toifadagi shaxmat ustalari, grossmeysterlar diyori sifatida vatanimiz O‘zbekiston ham nomzod sifatida ishtirok etadi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi 2026 -yilgi Butunjahon olimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun o‘tkaziladigan tenderda O‘zbekiston delegatsiyasiga omad tilaydi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться