O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vazirligi markaziy apparat xodimlari o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi doirasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etib, master klass o‘tkazgani uchun minnatdorchilik bildiradi

2022-06-07 | Jamiyat

O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorga muvofiq vazirlik, idora hamda tashkilotlarda shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ham Shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada AKT vazirligining markaziy apparat xodimlari o‘zaro bellashdi.

Unda, shuningdek, Polshada bo‘lib o‘tgan rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ham qatnashdi.

Ushbu musobaqada Jahon chempionining otasi Fazliddin Ochilov ham ishtirok etdi. AKT vazirligi jamoasi F. Ochilovga shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Kelgusida Nodirbekka yurtimiz obro‘sini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga hamda katta musobaqalarda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirishini tilashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z zehn va aql-idroklarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqa so‘ngida AKT vaziri Sh. Shermatov tomonidan g‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться