O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sportni rivojlantirish vaziri Argentina elchisi bilan uchrashdi
2022-06-24 | Sport
Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Argentina Respublikasining mamlkatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasida sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari va rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, elchi janoblari Argentina Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotgani, bu borada mamlakatimiz bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishi va ikki tomonlama aloqalar yoʻlida amaliy choralar koʻrishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Sportni rivojlantirish vaziri Argentina sport sohasida, xususan futbolda koʻplab yutuqlarga erishgani va bu Oʻzbekiston futboli uchun katta tajriba almashishga yaxshi imkoniyat ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, Ravshan Irmatov ikki mamlakatning milliy futbol klublari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish, mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish borasida qator takliflar berdi.
Bularga javoban, Eduardo Antonio Zuaynni mazkur takliflarni qoʻllab quvvatlagan holda, hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida kelgusida tashkil etiladigan tadbirlar, hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi