O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxtimizda start olgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
2022-07-18 | Sport
“Yunusobod" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qit’amizning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin yosh og‘ir atletika yulduzlari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Managa ishtirok etib, mamlakatimizda ushbu sport yil sayin katta suratlar bilan rivojlanib borayotgani, bu borada davlatimizning sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganini alohida ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qit’a birinchiligi 25 iyulga qadar davom etadi. Fursatdan foydalanib, unda ishtirok etadigan barcha yurtdoshlarimizga chempionlik shohsupaga ko‘tarilishlarini tilab qolamiz.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi