O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi xalqaro konfederatsiya aʼzoligiga qabul qilinmoqda

2022-06-10 | Sport

Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdoʻgʻon oʻrtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida janob Najmiddin Bilol Erdoʻgʻonga Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari ensiklopediyasi taqdim etildi. Taʼkidlash kerak, ushbu ensiklopediya xalqaro konfederatsiya rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum asosida milliy assotsiatsiyamiz xalqaro konfederatsiyaga aʼzolik yuzasidan ariza topshirdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться