O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi XI Jahon o‘yinlarida

2022-07-06 | Sport

7-17-iyul kunlari AQShning Alabama shtati, Birmingem shahrida Butunjahon sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 110 mamlakatidan taxminan 3600 nafar sportchi ishtirokida kechadigan bellashuvlarda hamyurtlarimiz ham qatnashadilar.

Jahon o‘yinlari har 4 yilda o‘tkaziladigan, dasturining aksariyati noolimpiya sport turlaridan tashkil topgan kompleks musobaqa hisoblanadi. O‘tgan yili o‘tkazilishi lozim bo‘lgan musobaqa epidemiologik vaziyat sabab 1 yilga surilgan.

Reglamentga ko‘ra, musobaqada ishtirok etish uchun sportchilar o‘z yo‘nalishlarida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lishlari yoki ma’lum kvalifikatsion musobaqadan o‘tishlari kerak. Bu yilgi Butunjahon o‘yinlarida Doston Otabolayev (karate), Yekaterina Fetisova (badiiy gimnastika), Darya Latisheva (ushu), Bahromjon Masharipov (jiu-jitsu), Fanat Qahramonov (muay-tay) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

8-9- iyul: Dostonbek Otabolayev (karate);
12-13- iyul: Yekaterina Fetisova (badiiy gimnastika);
13- iyul: Darya Latisheva (ushu);
15- iyul: Bahromjon Masharipov (jiu-jitsu);
15-17-iyul: Fanat Qahramonov (muay-tay).

Umuman, musobaqa dasturida akrobatika, rollerda figurali uchish, sohil voleyboli, bouling, sumo, arqon tortish kabi 30 ta sport turini uchratish mumkin. Musobaqa tarixida jamoamiz 1997-yil 1 tadan oltin va kumush, 2005-yil 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Hozirda Doston Otabolayev murabbiyi O‘ktam Bekpo‘latov bilan Birmingem shahrida yetib borgan. Delegatsiyamizning asosiy qismi esa bugun okean ortiga yo‘l oldi.

Bo‘lajak musobaqada hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться