O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ogʻir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempioni, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3tadan medal qoʻlga kiritishdi
2022-07-25 | Sport
5 nafar atletimiz supachaga chiqishdi. Quvonarlisi, ularning barchasi shohsupaga koʻtarildilar. Iqtidorli vakilalarimizdan biri Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham oʻsmirlar, ham yoshlar toifasida barcha yoʻnalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Oʻsmirlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yoʻnalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg, +102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qoʻlga kiritdi – 316 kg (145+171) kg,
+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yoʻnalishlarda sovrindor boʻldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg. Yoshlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova bu gal ham barcha yoʻnalishlarda, yaʼni dast koʻtarish mashqida, siltab koʻtarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga koʻra 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg. Bugungi dasturlarda avvalroq, yoshlar oʻrtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2ta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi. Bundan tashqari, oʻsmirlar oʻrtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi