O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston stol tennisi federatsiyasining rahbariyatida o'zgarish
2022-08-03 | Sport
Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida federatsiyaning navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar, hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (videokonfrensaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.
Kun tartibida federatsiya ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, federatsiya bosh kotibi, ijrochi direktori, rais o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini saylash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etish joiz, stol tennisi mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri bo‘lib, yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazkur sport bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. Buni tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar ham alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, ular bu kabi sport turlari mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida muhim o‘rin tutishi, bundan keyin uni yoshlar orasida yana-da ommalashtirish zarurligini qo‘shimcha qilishdi.
Konferensiyada federatsiya bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardayev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko‘rsatildi va ushbu mutaxassislar konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylanishdi.
Tadbir davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining rahbariyatida o‘zgarish
Bugun Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida federatsiyaning navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar, hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (videokonfrensaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.
Kun tartibida federatsiya ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, federatsiya bosh kotibi, ijrochi direktori, rais o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini saylash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etish joiz, stol tennisi mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri bo‘lib, yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazkur sport bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. Buni tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar ham alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, ular bu kabi sport turlari mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida muhim o‘rin tutishi, bundan keyin uni yoshlar orasida yana-da ommalashtirish zarurligini qo‘shimcha qilishdi.
Konferensiyada federatsiya bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardayev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko‘rsatildi va ushbu mutaxassislar konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylanishdi.
Tadbir davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi