O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda kamondan otish boʻyicha “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi boshlandi
2022-08-24 | Sport
Maʼlum qilganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish boʻyicha “Alpomish va Barchinoy” nomli xalqaro musobaqa start oldi. Bugun ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Musobaqada soʻz olgan rasmiylar davlatimizning eʼtibori bilan ushbu sport turida ham terma jamoamiz vakillari tobora yuqori natijalarni qayd etib kelayotganlari, uning Respublikamiz boʻylab ommalashuvi ortib borayotganiga alohida toʻxtalishdi. Bu yilgi bahslarda hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, BAA, Qirgʻiziston kabi davlatlardan 100 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bellashmoqda.
Bugundan musobaqaning 5 ta dasturda saralash bosqichi boshlandi. 26-avgust kuni barcha yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi