O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom birdamligi oʻyinlarining qahramonlari munosib taqdirlanishdi

2022-08-22 | Sport

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy Paralimpiya qoʻmitasining mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirni Abdujabbor Abduvohidov ochib berar ekan, davlatimiz rahbari ular qayd etgan natijadan mamnun ekanliklari, Prezidentimiz tomonidan sportchilarimizga bundan keyin ham doimo mana shunday yuqori eʼtibor berilishini taʼkidladi. Murosasiz kechgan bahslarda atletlarimiz koʻrsatgan jasorat uchun tashakkur bildirib, ularga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirda Adham Ikramov jamoamizni erishilgan gʻalaba bilan qutlab, bu yoʻlda xizmat qilgan delegatsiyamizning har bir vakiliga minnatdorchilik bildirdi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, V Islom birdamligi oʻyinlari gʻoliblari 5 ming, kumush medal egalari 3 ming va bronza medali sovrindorlari 2 ming AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Oʻz navbatida, sportchilarimiz davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, kelgusida ham xalqaro maydonda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishga vaʼda berishdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться