O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Butunjahon boks uyushmasiga qabul qilindi

2022-07-21 | Sport

Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Osiyo WBC boks ittifoqiga, bu esa oʻz navbatida avtomatik tarzda Butunjahon boks uyushmasi (WBC)ga qabul qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz ulkan mamnuniyat ila Oʻzbekiston professional boks federatsiyasining safimizga rasman qabul qilinganini eʼlon qilyapmiz. WBC va Oʻzbekiston oʻrtasida keng qamrovda hamkorlik oʻrnatiladi. Isteʼdodli, kelajagi porloq sifatida qaralayotgan professional bokschilarga WBC shafeligida oʻtkaziladigan mintaqaviy chempionatlar, boks oqshomlarida ishtirok etish uchun amaliy koʻmak beriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida ham WBC bayrogʻi ostidagi boks kechalari oʻtkaziladi”, deyiladi WBC-ABC prezidenti Kovit Bxakdibxumi tomonidan imzolangan maktubda.

WBC qoidalariga koʻra, milliy federatsiyalarga WBC tashkilotiga aʼzolik qitʼaviy uyushma tomonidan taqdim etiladi. Osiyo WBC boks ittifoqiga aʼzo boʻlish esa toʻgʻridan-toʻgʻri WBC tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi boʻlishni anglatadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться