O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar jamoamiz Osiyoda tengsiz!
2022-07-20 | Sport
Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi. Musobaqada hamyurtlarimiz jami 15 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Og‘ir vazn toifasida o‘tgan ikkinchi kun bellashuvlarida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimiz:
Oltin medal sohiblari:
-63 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-90 kg: Abbos Shermahmatov
Kumush medal sohiblari:
-70 kg: Barchinoy Qodirova
+90 kg: Elnur Xolmo‘minov
Bronza medal sohiblari:
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
+78 kg: Sevinch To‘raqulova
Shu tariqa, 6 tadan oltin va kumush, 3 ta bronza medallarini jamg‘argan o‘smirlar jamoamiz o‘z tengqurlari orasida qit’ada tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi. Ertadan yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarga navbat beriladi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi