O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda birinchi marta hattotlar festivali o‘tkaziladi

2018-01-24 | Madaniyat

Joriy yilning 1-3-fevral kunlari Toshkent shahrida I Respublika hattotlik festivali o‘tkaziladi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Hikmatlar olami” nomi ostida o‘tkaziladigan festival hattotlarning ishlarini keng yoyish, ularni xalqimizga keng tanishtirish, ijodlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, hattotlik uslubida tayyorlangan qo‘lyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash ishlari hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritildi.

Festival poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.

Поделиться