O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro ekspert Birgit Bemers: O‘zbekiston kinosi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman
2018-01-24 | Madaniyat
«O‘zbekkino» milliy agentligida kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
– O‘zbekiston kinosi tarixidan yaxshi xabardorman, – deydi B.Bemers. – Uning bugungi holati bilan yaqindan tanishib, rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. Ma’lumki, YuNESKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘zbek kinematografiyasini yanada rivojlantirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqsad – yurtingizda kinoindustriya sohasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
YuNESKOning mazkur tadqiqot natijalari joriy yilning 24-25-yanvar kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan davra suhbatida muhokama etiladi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun kino loyihalari ishlab chiqarishga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar-trening ham tashkil etiladi. Seminarda B.Bemers xonim yoshlarga mahorat darslari o‘tadi.