O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shukronalik nomasi
2018-01-30 | Madaniyat
Umr va mazmun, qismat va mohiyat, ruhiyat va qalb kengliklari hamisha adabiyotning muhim tadqiqotlaridan biri bo‘lib kelgan. “Qalbga ingan nur” deb nomlangan ushbu risolada, taniqli jurnalist Laziz Tangriyev, shukronalik hissi bilan, eng yorug‘ o‘y-kechinmalarini, ezgulik chashmasida chayilgan eng musaffo tuyg‘ularini kitobxon e’tiboriga taqdim etadi. Muallifning bobokalonlaridan qalbiga tutashgan nur yog‘dusi mutoala davomida kitobxonning ham qalbiga tutashib ketadi va kitobxon beixtiyor ajib bir yengillik, huzurbaxsh bir yorqinlikni yurak-yuragidan his etadi. Qolaversa, Laziz Tangriyev, bir muborak safar jarayoni haqida behad to‘lqinlanib: — “Haj safari. Dunyodagi jamiki mo‘min-musulmonlar orziqib intiladigan, haj degan so‘zni eshitgandayoq hayajondan beadoq entikadigan buyuk saodat. Qanchadan-qancha ajdodlarimiz ko‘zlarida yosh, qalblarida cheksiz armon bilan Ka’batullohni tavof qilish dardida yashab o‘tishdi...” — deydi.