O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tarix so‘zlaydi: Jaloliddin Manguberdi va Jaloliddin Rumiy qarindoshmi?

2018-02-09 | Madaniyat

Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169 — 1220 yillarda yashagan va 1200 — 1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. Jaloliddin Manguberdi 1220 yilda otasi vafot etgach, 1221 yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o‘tirgan va o‘n yil ushbu davlatni boshqargan so‘nggi hukmdordir. U mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko‘rsatab, 1231-yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o‘ldirilgan. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172 — 1200 yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh(yoki Abul Muzaffar Takesh)ning o‘g‘li.

Jaloliddin Rumiy (Balxiy) 1207-yil 30-sentabrda Afg‘onistonning Balx shahrida tavallud topib, 1273-yilning 17-dekabrida Turkiyaning Ko‘niya shahrida 66 yoshida vafot etgan. Uning otasi islom va tasavvuf ilmining taniqli siymolaridan biri, «Sulton ul-Ulamo» («Olimlarning Sultoni») unvoniga musharraf bo‘lgan ulug‘ zot, Kubraviya tariqatining shayxi Muhammad Bahovudin Valaddir. Bahovuddin Valadning otasi o‘z davrining tanilgan insonlaridan biri Husayn ibn Ahmad. Onasi Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takeshning qizi Malikai Jahon Amatulloh Sultondir. 
 
Ma’lum bo‘lganidek, Jaloliddin Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad II, otasining otasi, ya’ni bobosi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh. 
Jaloliddin Rumiyning otasi — Bahouddin Valad, otasining onasi, ya’ni buvisi — Malikai Jahon, uning otasi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh. 
 
Xulosa qilib aytganda, Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya’ni jiyani hisoblanadi. Alouddin Muzaffar Takeshning katta qizi Malikai Jahondan Jaloliddin Rumiy, kichik o‘g‘li Alouddin Muhammad II dan esa Jaloliddin Manguberdi kelmoqda. Manguberdi Xorazmda tug‘ilib, Kurdistonda vafot etgan. Rumiy Balxda tug‘ilib, Ko‘niyada vafot etgan. Har ikkalasining tug‘ilgan va vafot etgan joylari o‘z davrida Xorazmshohlar davlati tarkibida bo‘lgan. Balx shahar sifatida, Ko‘niya sultonlik sifatida Xorazmshohlar davlati tasarrufida edi. Qolaversa, ularning tug‘ilgan va vafot etgan joylari masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi. 
 
Manguberdi va Rumiy qon-qarindosh ekan. Buning qanday ahamiyatga egaligini ikki buyuk siymo timsolida, bu ulug‘ Vatanning betakror o‘tmishi kesimida qaralmog‘ini istar edik. 
 
 
Murodulla Mirzayev,
tarix fanlari nomzodi

Поделиться