O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbek adabiyoti tarixi”ning mezoni

2018-01-30 | Madaniyat

Azal-azaldan Sharq ma’naviy-falsafiy jarayonlarga beshik bo‘lib kelgan. Ayniqsa Turonzaminning osori –atiqalari, yozuv madaniyati, arxitektura inshootlari hamon jahon ahlini hayratga solib kelmoqda. Qadimgi Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston, xullasi Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yodgorliklarni eslab o‘tishning o‘zi kifoya.

Filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov muallifligidagi mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zbek adabiyotining eng qadimgi davrlaridan, XV asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Qo‘llanmada birinchi marta qadimgi turkiy mif va afsonalar, islomgacha bo‘lgan davr yozma yodgorliklari, o‘zbek xalqining adabiy yodgorliklari va yozma manbalari sifatida batafsil yoritilgan. Kitobda O‘zbek adabiyoti tarixi manbalari, yangicha davrlashtirish tamoyillari va adabiy estetik hamda diniy -falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Kitobda shu paytgacha diniy asar sifatida qaralib, adabiyot tarixidan o‘rin olmagan yozma yodgorliklar ham, o‘zbek adabiyoti tarixining nodir yodgorliklari sifatida o‘rganilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada, avvalgi qo‘llanmalardan farqli ravishda, har bir ijodkorning va badiiy asarning adabiy-estetik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada, qadimgi turkiy adabiyotdan boshlab, adabiy janrlarda va adabiy shakllarda o‘zgarishlar yuz bergan. Shu bois bular haqida ham, qisqa nazariy bilimlar berish nazarda tutilgan va qo‘llanmaga “ilova” berilgan. “Ilova”ni Guliston davlat universitetining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Muzaffar Mamatqulov yozgan. Ushbu qismning mas’ul muharriri esa, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vahob Rahmonov. 

Поделиться