O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm
Elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimi ishga tushdi 10.07.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi № PF-5326 son farmoni asosida, shu yilning 1 iyulidan boshlab internet tarmog‘ining https://e-visa.gov.uz manzilida elektron kirish vizalarini taqdim etishga mo‘ljallangan tizim sinov rejimida ishga tushirildi. |
O‘zbekistonga Malayziyalik sayyohlar oqimi ko‘payadi 03.07.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasida “O‘zbekiston – Malayziya: turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning yangi istiqbollari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. |
BBC bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilmoqda 26.06.2018TurizmJoriy yilning 25-may kuni Buxoroga BBC telekanalining Yevroosiyo mintaqalari bo‘yicha vakili S.Stanovkin tashrif buyurdi. Buxoro viloyat hokimligi binosida mehmonlarni Viloyat hokimining Turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Z.Shaxriyorov kutib oldi. |
Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibiga o‘zgartirish kiritildi 25.06.2018TurizmO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-sonli Farmoni hamda 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-sonli Qaroriga muvofiq 2018 yil 1 iyundan boshlab: |
Urganch xalqaro aeroporti “MDH davlatlari ichida eng yaxshi aeroport” deb topildi 19.06.2018TurizmAeroport 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yana bir bor “MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi. |
YUNESKO a’zolari yangi loyiha bilan Buxoroda 19.06.2018TurizmBuxoro juda ko‘plab tarixiy yodgorliklarga boy qadimiy shahar hisoblanadi. Uning buyuk tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Qolaversa, “Buyuk Ipak yo‘li” chorrahasida joylashganligi ham Buxoroning madaniy merosini boyitib borgan. Buxoroda har bir sulola, xonlik, amirlik hukmronligi davrida taxt egalari ko‘plab yurtlardan ustalarni chaqirgan holda me’moriy yodgorlik qurilishiga katta e’tibor qaratishgan. |
O‘zbekiston turistik brendi Seulda namoyish etildi 19.06.2018Turizm"O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va xususiy sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan birgalikda joriy yilning 14-17 iyun kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tgan KOFTA 2018 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasining delegatsiyasi ishtirok etdi. |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Marg‘ilonda hunarmandlar bilan uchrashdi 14.06.2018TurizmTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov 13 iyun kuni Marg‘ilon shahridagi “Ahmad Xo‘ja” madrasasida hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida shahar aholisi va mehmonlari uchun Marg‘ilonning mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. |
Buxoroda gastronomik turizmni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda 14.06.2018TurizmSo‘nggi vaqtlarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor judayam yuqorilab bormoqda. Ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsiz turizm tashkil qilinganligi, har bir turistik hududlarda sayohatchilar uchun qulay sharoitlarning yaratilayotganligi va soha ichidagi ko‘plab islohotlar fikrimiz isboti bo‘la oladi. |
Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslar yo‘lga qo‘yilish arafasida 12.06.2018TurizmXitoy bilan hamkorlik uchun yo‘l xaritasi doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv tashkillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xitoy turoperatorlari Diplomatik VIP va Travel Service sayohat agentligi bilan birgalikda shu yilning avgust oyi oxirida Chuntsin, Loan, Sian shaharlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslar tashkillashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. |
Turizm sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar 11.06.2018TurizmSo‘nggi paytlarda turizm sohasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Soha uchun mutaxassis kadrlarni yetishtirish, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari uchun malakali kadrlar tayyorlash, bu borada ushbu tizimda uchraydigan muammolarni bartaraf etish, kadrlar yetkazib berish borasida ta’lim tizimlarida uchraydigan mavjud muammolarni aniqlash va yechim topish bugungi kunda soha tizimidagi asosiy muammolardan biriga aylangan. Shu mavzu yuzasidan turizm boshqarmalarida seminarlar uyushtirilib kelinyapti. |