O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Marg‘ilonda hunarmandlar bilan uchrashdi
2018-06-14 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov 13 iyun kuni Marg‘ilon shahridagi “Ahmad Xo‘ja” madrasasida hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida shahar aholisi va mehmonlari uchun Marg‘ilonning mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, hunarmandlarning ajoyib ishi uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, Farg‘ona vodiysida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi hukumat rejalari haqida so‘zlab berdi. Hunarmandlar kreditlar va hukumat bilan o‘zaro hamkorlik haqida savollar bilan murojaat qilishdi. Yig‘ilish oxirida Baxtiyor Umarov hunarmandlarni kelayotgan muqaddas bayram bilan tabrikladi va barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.