O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YUNESKO a’zolari yangi loyiha bilan Buxoroda

2018-06-19 | Turizm

Buxoro juda ko‘plab tarixiy yodgorliklarga boy qadimiy shahar hisoblanadi. Uning buyuk tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Qolaversa, “Buyuk Ipak yo‘li” chorrahasida joylashganligi ham Buxoroning madaniy merosini boyitib borgan. Buxoroda har bir sulola, xonlik, amirlik hukmronligi davrida taxt egalari ko‘plab yurtlardan ustalarni chaqirgan holda me’moriy yodgorlik qurilishiga katta e’tibor qaratishgan.

Shu yilning 18-iyun kuni Buxoroyi sharifga YUNESKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Dendev Badarch hamda Buxoro shahar hokimi K.J.Kamolov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolarining tashrifidan maqsad shahrimizda “Madaniy meros” subyektlari ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy me’moriy yodgorliklarning holatini yangilash hamda qurilishi belgilangan yangi loyiha bilan tanishib, uni amalga tadbiq etishdir.

Bilamizki, Buxoroning tarixiy yodgorliklari 1993-yilda YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda ham viloyatimizdagi barcha me’moriy yodgorliklar ushbu tashkilot muhofazasiga olingan. Mana shu yodgorliklar Buxoroning qadim tarixidan so‘zlashi bilan bir qatorda, o‘ziga chet el sayyohlarini ham jalb qila oladi. Delegatsiya a’zolari ilgari surgan fikrlardan yana biri bu – tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini tartibga solish, ularning xavfsiz kelib-ketishini ta’minlash hamda sayyohlar sonini oshirishdan iborat.

Поделиться