O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urganch xalqaro aeroporti “MDH davlatlari ichida eng yaxshi aeroport” deb topildi

2018-06-19 | Turizm

Aeroport 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yana bir bor “MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi.

“Aeroport” FA uyushmasi tomonidan har yili tashkil etiladigan mazkur nufuzli tanlovda Urganch shahri aeroporti 2012 yildan buyon ishtirok etib, o‘tgan davr davomida qator yo‘nalishlarda tengsiz deb topilgan. Xususan, 2012-2014 yillarda “Ishlab chiqarish rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun”, 2015 yilda “MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport”, 2016 yilda “Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport” va “Turizm rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” kabi sohalarda laureat bo‘lgan.

Hozirgi kunda ushbu aeroport “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining zamonaviy samolyotlarida Parij, Milan, Rim va dunyoning boshqa yirik shaharlaridan ko‘hna va navqiron Urganch shahriga amalga oshirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali jahonning ko‘plab nuqtalaridan sayyohlarni qabul qilmoqda. Urganch havo bandargohi malakali xodimlari yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida barcha say-harakatlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu esa Xorazm viloyatiga xorijlik sayyohlarni kengroq jalb qilishda va ularda yurtimiz haqida yaxshi taassurotlar uyg‘otishda o‘z natijalarini bermoqda va viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Поделиться