O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar

2018-06-11 | Turizm

So‘nggi paytlarda turizm sohasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Soha uchun mutaxassis kadrlarni yetishtirish, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari uchun malakali kadrlar tayyorlash, bu borada ushbu tizimda uchraydigan muammolarni bartaraf etish, kadrlar yetkazib berish borasida ta’lim tizimlarida uchraydigan mavjud muammolarni aniqlash va yechim topish bugungi kunda soha tizimidagi asosiy muammolardan biriga aylangan. Shu mavzu yuzasidan turizm boshqarmalarida seminarlar uyushtirilib kelinyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 8-iyun kuni Buxoroda “Turizm sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash: muammo va yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda ish beruvchi maskanlar rahbarlari, turizm sohasida kadrlar yetishtirib beruvchi muassasalar o‘qituvchilari, sayyohlik agentliklari vakillari Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari hamda tarjimon mutaxassislar ishtirok etishdi. Ushbu amaliy seminarda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlar bilan bir qatorda tizim doirasidagi kadrlar yetishtirib berish, ularni sohaga yo‘naltirish mobaynida uchraydigan muammolarni bartaraf etish, ish beruvchilar hamda kadr yetishtirib beruvchi maskanlar orasida uzviy aloqa o‘rnatish va mustahkamlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili A.Allaberganovdan ma’ruza tinglandi. Qolaversa, soha rivoji va sayyohlarni jalb qilish uchun yaratilishi kerak bo‘lgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi turli fikr va takliflar bildirildi.

Поделиться