O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston turistik brendi Seulda namoyish etildi
2018-06-19 | Turizm
"O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va xususiy sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan birgalikda joriy yilning 14-17 iyun kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tgan KOFTA 2018 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasining delegatsiyasi ishtirok etdi.
Mamlakatning turizm salohiyatini namoyon etadigan rang-barang va yorqin qiyofasi mehmonlarning e’tiborini tortdi. Ta’kidlash joizki, stendga ushbu ko‘rgazmaning tashkilotchisi “Kotfa Co Ltd” kompaniyasi boshlig‘i tashrif buyurdi. Koreyada o‘tkazilgan Jahon turizm yarmarkasi (KOFTA) o‘zining 33 yillik tarixi bilan Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan eng yirik xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib, unda 70ta mamlakat o‘z turistik resurslari va madaniyatini namoyish etib ishtirok etmoqda.