O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda gastronomik turizmni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda

2018-06-14 | Turizm

So‘nggi vaqtlarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor judayam yuqorilab bormoqda. Ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsiz turizm tashkil qilinganligi, har bir turistik hududlarda sayohatchilar uchun qulay sharoitlarning yaratilayotganligi va soha ichidagi ko‘plab islohotlar fikrimiz isboti bo‘la oladi.

Joriy yilning 12-iyun kuni esa Buxoroda gastronom turizmni rivojlantirish borasida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad Buxoro viloyatida gastronom turizmni yo‘lga qo‘yish, “O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi” tarkibida Buxoroda “Oshpazlar uyushmasi”ni tashkil etish, shahardagi restoran, kafe, hamda chet el sayohatchilariga xizmat ko‘rsatadigan ovqatlanish maskanlarida musulmon davlatlar fuqarolari uchun “Halol” sistemasini yo‘lga qo‘yish va sentyabr oyigacha Buxoroning gastronomik xaritasini ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Bu borada “O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi” menejeri Abdurahimova Saimaxon o‘z takliflari bilan seminar qatnashchilarini tanishtirib o‘tdilar.

Seminarda Buxorodagi bir qancha ovqatlanish maskanlari, kafe va restoranlar direktor hamda menejerlari ishtirok etishdi. Va assotsiatsiya vakiliga o‘zlarini qiziqtirgan turli savollar bilan murojaat qilishdi.

Поделиться