O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BBC bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilmoqda

2018-06-26 | Turizm

Joriy yilning 25-may kuni Buxoroga BBC telekanalining Yevroosiyo mintaqalari bo‘yicha vakili S.Stanovkin tashrif buyurdi. Buxoro viloyat hokimligi binosida mehmonlarni Viloyat hokimining Turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Z.Shaxriyorov kutib oldi.

“Hearts of Uzbekistan” media-dasturi orqali O‘zbekistonning qadimiyligi, urf-odatlari va an’analari aks etgan, turli xil mavzularga yo‘naltirilgan videoroliklar suratga olish, ularni dunyo bo‘ylab barcha kanallar orqali namoyish etish, bu borada BBC tashkiloti tomonidan barcha turdagi yordamlarni ko‘rsatish hamda bu ishlar orqali turizm sohasi rivojiga ham hissa qo‘shish, chet el sayohatchilarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bayon etishdi. Qolaversa, BBC bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, o‘z imidjini yaratishga muvaffaq bo‘lgan Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi bir qancha davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalar amalga oshirilayotganligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bilamizki, BBC butunjahon telekanali dunyodagi bir necha yirik kompaniyalar qatorida bo‘lib, o‘z dasturlarini bir vaqtda dunyoning bir necha tillarida televideniye va matbuot, radio, internet saytlari orqali berib boradi hamda barcha mamlakatlar bo‘ylab 250 dan ortiq korrespondentlariga ega. Ushbu loyihaga ham BBC korporatsiyasining maxsus tayyorlangan xodimlarini, bundan tashqari, xalqaro toifadagi jurnalist hamda PR vakillarini jalb etishni maqsad qilgan.

BBC vakili Stanovkin tomonidan taqdim etilgan qisqa videoroliklar tomosha qilingach, Muxlisa Azizova muallifligi asosida Buxoro to‘g‘risidagi “Welcome to Bukhara” videoroligi haqida mehmonlarga aytib o‘tildi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Buxoroning qadimiy obidalarini bag‘riga olgan shahrimizning “Eski shahar” qismidagi tarixiy yodgorliklar bo‘ylab sayohat qilishdi.

Поделиться