O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslar yo‘lga qo‘yilish arafasida

2018-06-12 | Turizm

Xitoy bilan hamkorlik uchun yo‘l xaritasi doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv tashkillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xitoy turoperatorlari Diplomatik VIP va Travel Service sayohat agentligi bilan birgalikda shu yilning avgust oyi oxirida Chuntsin, Loan, Sian shaharlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslar tashkillashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Xitoy turoperatorlari 25 maydan 11 iyungacha O‘zbekistonda bo‘lishdi va infotur doirasida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu guruh ichida 18ta turoperator va 4ta fotograf qatnashdi va guruhdagilar asosan mamlakatda foto turlar tashkil etish imkoniyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratishdi.

O‘zbekistonda tashrifi chog‘ida mehmonlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lishdi va mehmonxona infratuzilmasi, madaniy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Guruh qatnashchilari obyektlarda Xitoy yozuvida yozilgan ma’lumotlarni ham ko‘rish istagini bildirishdi, shuningdek, Xitoy taomlari mavjuda menyu nafaqat Toshkent restoranlarida, balki boshqa shaharlarda ham mashhur bo‘lishi mumkin ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Поделиться