O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2022-11-11 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat statistika qo`mitasida tashkil etilgan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko'rsatkichlari, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, tashqi savdo, eksport-import, O'zbekiston Respublikasining xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlarini tarqatishning maxsus standartiga o'tishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) tomonidan texnik ko'mak va XVJning statistiklar va iqtisodchilarning malaka va bilimini oshirish uchun maxsus dasturlarni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi