O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspertlar TDT doirasida savdo-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar

2022-11-09 | Iqtisodiyot

Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirlarining yig'ilishi arafasida (TDT) Samarqand shahrida bevosita va onlayn tarzda ekspertlar guruhining 13-uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

/media/f5a80525-b60c-6462-0d92-dcb66dc4c5eb.jpg

Unda Tashkilotga a'zo mamlakatlar ekspertlari ishtirok etdi. Ular TDT doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb yo'nalishlarini ko'rib chiqdilar hamda kutilayotgan Vazirlar yig'ilishining kun tartibidagi asosiy masalalarni hisobga olgan holda uni rivojlantirish yo'llarini muhokama qildilar." />Unda Tashkilotga a'zo mamlakatlar ekspertlari ishtirok etdi. Ular TDT doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb yo'nalishlarini ko'rib chiqdilar hamda kutilayotgan Vazirlar yig'ilishining kun tartibidagi asosiy masalalarni hisobga olgan holda uni rivojlantirish yo'llarini muhokama qildilar.

Xususan, TDT Investitsiya jamg'armasini tashkil etish, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish, Tashkilot doirasida "Savdo hamkorligi bo'yicha tadqiqot markazi" va "Muhandislik va texnologiyalar markazi"ni tashkil etish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini tasdiqlash istiqbollari ko'rib chiqildi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini faollashtirish va elektron tijoratni kengaytirish, TDT mamlakatlarida savdo uylari faoliyatini tashkil etish mexanizmlari va tamoyillarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Turkiy savdo-sanoat palatasining aniq chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish bo'yicha konstruktiv takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida ekspertlar ko'rib chiqilayotgan tashabbuslarni amalga oshirishning aniq va izchil mexanizmlarini ishlab chiqdilar va shu yilning 9-noyabrida bo'lib o'tadigan OTG mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yig'ilishi doirasida imzolash uchun kommyunike tuzdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться