O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

2022-11-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 11-noyabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Jahon bankining bosh iqtisodchilari, Loyiha rahbarlari Kordula Rastogi va Daniel Sasloavskiy boshchiligidagi vakillari bilan respublikamizda savdo, tranzit va taʼminot zanjirlarini rivojlantirish masalalarida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini oshirish, eksportni qoʻllab-quvvatlash hamda tashqi savdo operatsiyalarini yanada erkinlashtirish, transport koridorlari, tranzit salohiyatini oshirish hamda elektron tijoratni rivojlantirish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, Jahon banki vakillariga tadbirkorlik sohasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes subyektlariga biznesni yuritishda keng imkoniyatlar yaratish hamda Oʻzbekistonda biznes muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati yoritib berildi.

Ayniqsa, respublikamizda eksportni qoʻllab-quvvatlash, tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda mahsulotlar raqobatqodirligini oshirish borasida yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga Oʻzbekistonning eksport salohiyatini oshirishda transport koridorlarining ahamiyati, bunda uchinchi davlatlardan yuklarni tranzit tashish imkoniyatlari hamda bu boradagi mavjud toʻsiq va muammolar haqida fikr almashildi.

Jahon banki vakillari kelgusida Oʻzbekiston bilan hamkorlik doirasida iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekistonning eksport va savdo imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishlarini taʼkidlab oʻtdilar.

Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari tomonidan kelgusida ham Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yaqindan muloqot qilish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishdan manfaator ekanliklari maʼlum qilindi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться