O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik samarasi

2022-11-03 | Jamiyat

Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrifi davomida Bulung‘ur tumanida ham bo‘ldi.

Mehmonlar 2011-2012-yillar davomida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Bot-Bot” tumanlararo magistral kanalida  amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

1973-yilda qurilgan “Bot-Bot” kanali Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlaridagi 9350 gektar yer maydonlariga suv yetkazib beradi. Kanalning uzunligi 49,6 kilometrni, suv o‘tkazish quvvati 11 m3/daqiqani tashkil etadi.

Umumiy qiymati 797,372 ming yevro bo‘lgan mazkur loyiha doirasida kanalda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, 3,8 kilometr qismi betonlashtirilgan. Uchta suv to‘suvchi gidrotexnik inshoot qurilgan. Shuningdek, kanalni ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun mini ekskavator, yuk tashuvchi mototsikllar hamda payvandlash agregatlari olib berilgan.

Vazir boshchiligidagi delegatsiya loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, hududda joylashgan xizmat uyida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, erishilgan natijalar bilan qiziqdi. Soha mutaxassislari bilan kelgusi hamkorlik masalalarida o‘zaro fikr almashildi.

Manba: O'zA

Поделиться