O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoyning CNCEC korporatsiyasi O'zbekistonda faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

2022-11-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Xitoy Milliy kimyo muhandislik korporatsiyasi partiya qo'mitasi kotibi o'rinbosari, bosh direktori va boshqaruv kengashi a'zosi Ven Gan bilan Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag'ishlangan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ikki tomonlama savdoning o'sishi 2021-yilda 7,4 milliard dollardan oshgani hamda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgani ta'kidlandi. Ushbu fakt, har ikki mamlakatda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan xorijiy investorlarning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganidan dalolatdir.

Tomonlar investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish sohasida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning o'sib boruvchi xususiyatini ta'kidladilar. So'z neft-gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, agrar sektor, yengil sanoatda loyihalarni amalga oshirish haqida bormoqda, bu esa, o'z navbatida, O'zbekiston iqtisodiyotini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni jadallashtirishga yordam beradi.

Korporatsiyaning "yashil" energetika, transport, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy kelishuvlarni amalga oshirish va hamkorlikning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish bo'yicha ishlarni davom ettirishga o'zaro qiziqish bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться