O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jakartada Indoneziya oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi
2022-11-10 | Ta’lim
Indoneziya poytaxti bo‘lib o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalari sammiti”da (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori professor Bahodir Mirzayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etayotir.
Sammit doirasida 2023 yilgi reyting natijalari eʼlon qilinib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti «QS Asia University Rankings-2023»da Osiyo-Tinch okeani mintaqasi universitetlari orasida 301-, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 14-, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida 1-o‘rinda qayd qilingani holda QS World University Ranking: QS Asia University Rankings 2023 reytingida 40 foizlik eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.
Sammit doirasida oliy taʼlim muassasalari xalqaro tahliliga ixtisoslashgan tashkilot - “QS WUR” agentligi vitse-prezidenti Ben Sovden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hozirgi kunda iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish, universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan so‘zlab berildi. Shu o‘ninda so‘nggi yillarda «TIQXMMI-milliy tadqiqot universiteti»ning asosiy ko‘rsatkichlari intensiv ravishda oshib borayotgani eʼtirof etildi.
Shuningdek, Indoneziyaning Bravijaya universiteti (Universitas Brawijaya: Asia ranking 225, World ranking: 801) rektori, professor Vidodo bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik masalalari, xususan, professor-o‘qituvchilar almashuvi, ilmiy maqolalar chop etish va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari Indoneziyaning Bandung texnologiya instituti (Institut Teknologi Bandung: Asia ranking 63, World ranking: 235) delegatsiyasi rahbari, institut taʼlim sifatini baholash boshqarmasining boshlig‘i, professor Poyerbandono bilan ham uchrashdilar. Uning yakunlari bo‘yicha talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi, qo‘shma tadqiqot ishlarini olib borish, malaka oshirish, qo‘shma va ikki tomonlama diplomlar almashuvi bo‘yicha universitetlar o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi