O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreyaning Eksimbanki O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
2022-11-11 | Iqtisodiyot
O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferentsiya tarzida Koreyaning Eksimbanki vakillari bilan sog'liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish jarayonining muhokamasiga bag'ishlangan muzokaralar bo'lib o'tdi.
Xususan, "Toshkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-tadqiqot va ta'lim komponentlarini yaratish", "Milliy onkologiya markazini qurish" va "Kattalar uchun ko'p tarmoqli tibbiy klinika" loyihalarining amalga oshirilishi ko'rib chiqildi.
Iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Eksimbank vakillari O'zbekiston tomonidan tayyorlangan 2023-2025 yillarga mo'ljallangan yangi istiqbolli tashabbuslarning ro'yxatini ko'rib chiqib, loyihalarni tanlash va birgalikda amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning dolzarb masalalari bo'yicha har oyda muzokaralar olib borish va o'zaro munosabatlarning barcha muhokama qilingan yo'nalishlari bo'yicha birgalikda ishlashni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi