O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va kattalarda genetik kasalliklarni aniqlashda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi

2022-11-07 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi ko'magida Innovatsion rivojlanish vazirligi va klinik diagnostika hamda genetika sohasida dunyoda etakchi bo'lgan BGI xalqaro kompaniyasi o'rtasida yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalarda va kattalarda genetik kasalliklarni aniqlash, shuningdek, oilani rejalashtirishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tadbir doirasida kam uchraydigan va etarlicha o'rganilmagan kasalliklarni neonatal skrining qilish, shuningdek aholi uchun turli genetik testlarni o'tkazish, Daun, edvars, Patau kabi kasalliklarni erta aniqlash uchun homilador ayollarni noinvaziv tekshiruvdan o'tkazish masalalarini rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilgan BGI Genomics qo'shma korxonasi rasman ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi.

«Genscreen» kompaniyasining investorlaridan biri bo'lgan BGI kompaniyasi 1999-yilda Pekin genomika instituti negizida inson genomini o'qish bo'yicha xalqaro ilmiy loyihada ishtirok etish maqsadid tashkil etilgan bo'lib, 23 yillik faoliyati davomida Osiyo va jahondagi etakchi ilmiy va tibbiy kompaniyaga aylandi. BGI so'nggi 7 yil davomida Nature Index reytingida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ilm-fan va hayot sohasida faoliyat yurituvchi korporatsiyalar o'rtasida 1-o'rinni egallab kelmoqda. Uning asosiy faoliyati laboratoriya diagnostikasi, genetika va mikrobiologiya sohasidagi xizmatlardir. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati bilan hamkorlik davomida BGI 10 milliondan ortiq invaziv bo'lmagan prenatal test va 1,5 milliondan ortiq neonatal skrining testlarini o'tkazdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2019 yildagi PQ-4440-son «Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarni neonatal va genetik tekshiruvdan o'tkazishni ta'minlash vazifasi ilgari surildi.

- Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi BGI kompaniyasi bilan hamkorlikda «Genscreen» qo'shma korxonasi tashkil qilinib, yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va ularning ota-onalarini neonatal hamda genetik skrining qilish uchun yuqori texnologiyali va zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya binosi tashkil etiladi, - dedi innovatsion rivojlanish vazir o'rinbosari Shaxlo Turdiqulova. - Genscreen tomonidan jihozlangan laboratoriya bazasi yiliga 1 milliondan ortiq orfan kasalliklarini tekshirish imkonini beradi va bu O'zbekiston Respublikasining ushbu turdagi tadqiqotlarga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirish imkonini beradi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni skrining qilishdan tashqari, Genscreen irsiy, onkologik, genetik va klinik kasalliklarga genetik tekshiruv xizmatlarini taqdim etadi, ularning diagnostikasi hozirda murakkab jarayon va oddiy aholi uchun taqdim etilmagan. Horijiy investorlar tomonidan 5 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya mablag'lari olib kirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться