Bugundan “sariq” va “yashil” toifaga kiruvchi hududlararo mahalliy yoʻnalishlarda avtobuslar harakati tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Bunda tana harorati 37 darajadan yuqori boʻlmagan yoʻlovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi. Barcha yoʻlovchilar avtovokzal hududiga hamda avtobusga bir martalik himoya niqoblarida kiritiladi.
Transport vositasi yakuniy yoʻnalish nuqtasida dezinfeksiya qilinadi. Shuningdek, haydovchilarni tibbiy qoʻlqop va tibbiy niqoblar bilan taʼminlash hamda ularni oʻz vaqtida almashtirib borish choralari koʻriladi.
Avtovokzal hududida yoʻlovchilarning (3 tadan ortiq) toʻplanishi taqiqlanadi (oila aʼzolari bundan mustasno). Hududda umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari faoliyatiga hozircha ruxsat berilmagan. Oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalar faoliyati bundan mustasno.