O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat transport universiteti Frantsiya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda

2020-07-02 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ko‘magida Yevropada aviatsiya sohasidagi eng katta o‘quv yurti hisoblangan Frantsiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelajakda yurtimizda aviatsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar, yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida videomuloqot tashkil etildi.

Ushbu videomuloqotda Frantsiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi, Tuluza biznes maktabi hamda «Airbus» kompaniyasining vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Videomuloqotda Frantsiyadan ENAC maktabining direktori o‘rinbosari – xalqaro ishlar bo‘yicha direktor Nikolas Kasalis, ENAC uchuvchilar maktabi direktori Teri de Baskia, Tuluza biznes maktabining aviatsiya sohasida biznes boshqaruvi magistraturasi yo‘nalishini muvofiqlashtiruvchi direktori Kristof Benaroya, O‘zbekiston Respublikasidan Transport vazirining o‘rinbosarlari Jasurbek Choriyev hamda Akmal Mirzayev, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmanov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться