O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston yuk tashishning elektron kitobchasini joriy etadi

2020-07-06 | Texnologiyalar

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tranzitga ko‘maklashishda, mintaqada va uning tashqarisida savdo-sotiqni rag‘batlantirishda eng muhim harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Bu haqida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (XATI) Bosh kotibi Umberto de Pretto O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida aytib o‘tdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, joriy yilning 6 oyi mobaynida O‘zbekistonda yuk tashish (TIR Carnet) kitobchalaridan foydalanish miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32% ga ko‘paydi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi 2019-yil yakuni bo‘yicha undan oldingi yilga nisbatan 46% ni tashkil etgan edi.

U.Pretto BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi doirasida yuklarni avtomobilda xalqaro tashish tizimini raqamlashtirishni (eTIR) qo‘llab-quvvatlagani, shu jumladan, 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llash bo‘yicha Bojxona konvensiyasiga 11-ilovani joriy yilning boshida qabul qilinishida faol ishtirok etgani uchun O‘zbekiston Hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbek tomoni XATI bilan yaqin hamkorlikni chuqurlashtirishdan hamda respublikaning xalqaro transport koridorlarida ishtirok etish geografiyasini kengaytirishdan manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, real vaqt rejimida ishlaydigan ishonchli xalqaro elektron ma’lumotlar bazasining mavjudligi hisobiga hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirmasdan yuk tashishni joriy etish bojxona organlari va tashuvchilarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, uning xavfsizligini oshiradi va ushbu jarayonni tezlashtiradi.

Videokonferensiya yakunida ishtirokchilar yuklarni yetkazib berish bosqichlarida va tajriba tariqasidagi «eTIR» tashishlarni amalga oshirishda COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Shuningdek, mazkur tadbirda XATI, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasining rahbar vakillari ma’ruzalar va taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться