O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya transport vazirliklari vakillari kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

2020-07-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-iyul kuni videokonferens aloqa shaklida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning transport sohasidagi hamkorlik komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoniga O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev, Rossiya tomoni vakillariga mamlakat transport vazirining birinchi o‘rinbosari, Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko rahbarlik qildi.

Videokonferens aloqa rejimida o‘tkazilgan yig‘ilishda ikki mamlakat transport sohasidagi boshqaruv organlari o‘rtasida bir qator muhim hujjatlarni imzolashga tayyorgarlik ko‘rish masallari muhokama qilindi. Xususan, Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Havo transporti federal agentligi o‘rtasida havo kemalarining uchishga yaroqlilik sohasida hamkorlik haqida kelishuv, Rossiya Federatsiyasi transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida transport ta’limi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga tayyorgarligi muhokama etildi.

Uchrashuvda Rossiyaga eksport mahsulotlarini tashish uchun hamkorlikda transport-ekspeditorlik kompaniyasini tashkil etish, shuningdek, eksport yuklarini saqlash va transportirovka qilishda “Naxodka” va “Novorossiysk” portlaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari bekor qilingach Rossiya-O‘zbekiston loukost-aviatashuvchisini tuzish bo‘yicha istiqboldagi rejalar ham muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va «РТ-Инвест Транспортные Системы» MChJ tomonidan imzolangan raqamli transport tizimlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar videokonferens aloqa shaklida quyi komissiya yig‘ilishlarini muntazam ravishda tashkil etish, yuzaga kelgan muammoli masalalarni zudlik bilan hal etish va O‘zbekiston – Rossiya ikki tomonlama aloqalarining amaliy ahamiyati va samaradoligini oshirishga imkon berishini ta’kidlashdi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться