O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mutaxassislar tajriba almashdi

2017-07-03 | Texnologiyalar

Пойтахтимизда мамлакатимиз ахборот-коммуникация технологиялари саноатини ривожлантириш ва иқтисодиётимизни юксалтиришда АКТнинг ролига бағишланган тадбир бўлиб ўтди. Унда Беларусь Республикаси Юқори технологиялар парки мутахассислари ҳам иштирок этиб, кўп тармоқли ахборот инфратузилмасини яратиш ва ёш дастурчилар ташаббуслари ва лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш бўйича ўз тажрибаси билан ўртоқлашди.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Belarus Respublikasi axborot texnologiyalari korxona hamda muassasalari o‘rtasida qator shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ushbu hujjatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ikki mamlakat hamkorligida muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbirda mamlakatimiz va Belarus mutaxassislari softver sanoatini yanada rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari, dasturchi va muhandislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha o‘zaro amaliy tajriba va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Uchrashuvda axborot texnologiyalari sanoati dunyoda jadal rivojlanayotgan va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biri ekani ta’kidlandi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalar tarmog‘idan olinayotgan daromad rivojlangan ko‘plab davlatlar yalpi ichki mahsulotining asosiy qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda ham IT-kompaniyalar soni yil sayin ko‘payib borayotir. Ular softver sanoatining turli yo‘nalishlarini rivojlantirib, yurtimiz muassasalari va korxonalari uchun yuqori sifatli va zamonaviy dasturiy mahsulotlar yaratmoqda. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, zamonaviy M2M va optik tolali texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Mamlakatimizning aksariyat vazirlik va idoralari, davlat tashkilotlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari o‘z elektron va avtomatlashtirilgan tizimlari, ma’lumotlar bazasiga ega. Buning samarasida deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladigan yangi intellektual tizimlarni integratsiyalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Tadbir doirasida belaruslik mutaxassislar Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki taqdimotini o‘tkazib, uni tashkil etish tajribasi va park bazasida amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari haqida so‘zlab berdi. Belarus iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biriga aylangan axborot texnologiyalari sohasi “MAZ” va “BelAz” singari yirik kompaniyalar faoliyat yuritayotgan mashinasozlik tarmog‘i oladigan daromaddan ham ko‘proq foyda keltirayotgani ta’kidlandi. Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki rezidentlari yiliga qiymati 820 million dollarga yaqin eksport xizmatlari ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz ham axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish borasida katta istiqbolga ega bo‘lib, bu yurtimizda tashkil etilayotgan ko‘p tarmoqli axborot infratuzilmasi va mahalliy kadrlarning yuqori salohiyati bilan bog‘liq. 

Tadbirda O‘zbekiston va Belarus axborot texnologiyalari kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 
Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться