O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Migratsiya jarayonlari axborotlashtirilmoqda

2017-07-18 | Texnologiyalar

Ayni paytda butun dunyoda migratsiya jarayonlari va qidiruv faoliyatini nazorat qilishda elektron axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalanilmoqda. Mamlakatimizda ham shunday tizimlar faol joriy etilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-iyuldagi migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq yangi elektron tizim ishlab chiqilmoqda. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tizimida elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etiladi. 

Davlat xizmatlari, jumladan, biometrik hujjatlar berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiskaga qo‘yish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek, O‘zbekistonga kirish va chiqish, fuqarolikka qabul qilish, fuqarolikdan chiqish va fuqarolikni yo‘qotish sohasida integratsiyalashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boshqarmaning asosiy vazifalaridandir. 

Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida idoralararo elektron hamkorlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni aniqlash va fosh qilish, qidiruv ishlarini olib borishda ko‘maklashish ham boshqarma faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshqarma xodimlari zimmasiga axborot tizimlari uzluksiz ishlashi uchun ularning xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. 

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha tuman va shahar bo‘limlari fuqarolarni pasport tizimi masalasi bo‘yicha qabul qilishni elektron tartibga solish uchun zarur uskuna va dasturiy ta’minot bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi. 

Zero, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishning muhim yo‘nalishidir.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться