O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vazirligida uchrashuv
2017-07-21 | Texnologiyalar
20 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma, kadrlar resurslari va texnologiyalar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi X.Qayumiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Suhbat davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikkitaraflama aloqalarni rivojlantirish, xususan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallari, ikkala mamlakatdagi aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish, xalqaro Internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.