O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"ICTWEEK UZBEKISTAN–2017" AKT haftaligi bo‘lib o‘tadi

2017-09-13 | Texnologiyalar

Ilg‘or texnologiyalar yarmarkalari, festival va ko‘rgazmalari doim jamiyat rivoji va innovatsion ishlanmalar integratsiyasiga yangi sur’at bag‘ishlagan, olim va ixtirochilarni yangi g‘oyalarga ilhomlantirgan. "ICTWEEK UZBEKISTAN" an’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.

18-22-sentabr kunlari mamlakatimiz axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yilning eng muhim voqeasi bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimiz va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi. AKT haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Prezidentimizning 2017-yil 30-iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni AKT uchun dasturiy ta’minot sanoatining xalqaro standartlarga mos rivojlanishi, mahalliy raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Mazkur hujjatga muvofiq, mamlakatimizda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashish innovatsion markazi ochildi. Markazning maqsadi axborot texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik subyektlari hamda dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilar boshini qovushtirishdan iborat. U o‘ziga xos tamoyil asosida faoliyat yuritadi, ya’ni AKT sohasidagi korxonalar yurtimizning qaysi hududida joylashganidan qat’i nazar, markaz rezidentlari bo‘la oladi. 

«ICTWEEK Uzbekistan» 2004-yildan e’tiboran har yili sentabr oyi oxirida o‘tkazib kelinadi. Haftalik nafaqat sohalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi, balki mutaxassislar va axborot texnologiyalarining ko‘plab iste’molchilarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Joriy yilda AKT haftaligini «ICTSUMMIT – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti ochib beradi. Sammit 19-sentabr kuni "O‘zekspomarkaz" anjumanlar zalida rayosat yig‘ilishi shaklida o‘tkaziladi. An’anaviy sammit hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, yutuq va muammolarni muhokama qilish, shuningdek, AKT rivojlanishiga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish maqsadida yurtimiz va xorijdan yuzlab ishtirokchilarni jalb etadi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda AKT holati va AKTning rivojlanish istiqbollari, davlat boshqaruviga informatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi yutuq va kamchiliklar, "Elektron hukumat" tizimi va unga kirish infratuzilmasi taraqqiyoti, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar. 

An’anaga ko‘ra, bu yil ham «ICTExpo – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma 19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bu yil unda 100 dan ortiq kompaniya, 35 ming ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Kompaniyalar tashrif buyuruvchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni namoyish etib, keng turdagi o‘ziga xos xizmat va yechimlar taklif qiladi. Shunday yangiliklardan biri – "O‘zekspomarkaz" zallaridan birida ish boshlaydigan demohududdir. U kompaniyalarga oxirgi ishlanmalarining texnik yutuqlari va o‘ziga xosligini ko‘rgazmali ravishda namoyish qilish imkonini beradi. "Elektron hukumat" texnologiyalar yo‘nalishi ko‘rgazmaning mavzuga oid muhim qismiga aylanadi. Ko‘rgazma eksponentlari ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalardan namunalar taqdim qiladi va bu yagona davlat ma’lumotlar bazasini yaratish hamda aholiga zarur interaktiv xizmatlar taqdim etishni tashkil qilish masalalarining samarali hal etilishiga xizmat qiladi. Ko‘rgazma dasturi keng va rang-barang bo‘lib, ta’lim seminarlari, davra suhbatlari, AKT sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlarni namoyish qilishga qaratilgan ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. 

«ICT FORUM – 2017» haftaligi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada taraqqiy ettirishning zamonaviy tendensiyalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Forumga xorijdan mazkur sohada boy tajriba to‘plagan ekspert va mutaxassislar taklif etilgan. Shuningdek, forum dasturidan nafaqat yosh avlod, balki katta avlod vakillari orasida ham AKTni keng tatbiq etishga qaratilgan turli interaktiv tadbirlar o‘rin olgan. 

AKT haftaligi doirasidagi asosiy tadbirlardan tashqari, qator qiziqarli namoyishlar bo‘lib o‘tishi ham ko‘zda tutilgan. AKT haftaligi mamlakatimizda AKT sohasining rivojlanishi, bu sohadagi xalqaro xamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться