O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar qabuli va imtihonlar onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi

2020-09-08 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.

Hujjatlar 2020-yil 10-sentabr kuni soat 08-00 dan 20-sentabr kuni soat 24-00 gacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Bu yil kvota bo‘yicha 5-sinfga 120, 6-sinfga 60, 7-sinfga 60, 8-sinfga 60, 9-sinfga 30, jami 330 nafar o‘quvchi tanlov asosida saralab olinadi.

21-24 sentabr (4 kun) har bir o‘quvchiga ID raqam onlayn shaklda yuboriladi.
Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: 25-29 sentabr  kunlari onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish ;

2-bosqich: 5-7 oktabr kunlari ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat.

Imtihonlarni o‘tkazish tartibi:

1-bosqich matematika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish.

5-sinf uchun – 25-sentabr

6-sinf uchun – 26-sentabr

1-bosqich matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar yechish.

7 sinf uchun – 27-sentabr

8 sinf uchun – 28-sentabr

9 sinf uchun – 29-sentabr

Birinchi bosqichda jami ishtirokchilardan 1 o‘ringa 3 nafargacha talabgor o‘quvchilar saralab olinadi.

Birinchi bosqichda 5-sinf uchun 360, 6-sinf uchun 180, 7-sinf uchun 180, 8-sinf uchun 180, 9-sinf uchun 90 nafar, jami 990 nafar yuqori ball olgan o‘quvchi ikkinchi bosqich imtihoniga o‘tkaziladi.

2-bosqich:
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi:

sinf uchun – 5-oktabr

6-7 sinf uchun – 6-oktabr

8-9 sinf uchun – 7-oktabr .

Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkaziladi, matematika va fizika fanlaridan esa tadan misol ishlanadi.

Imtihon sinov jarayonlarining nazorat qilish tartibi:

test jarayoni real vaqt oralig‘ida o‘quvchiga bir marta topshirish imkonini berish orqali nazorat qilinadi;

suhbat jarayonida bir o‘quvchiga – jami nafar xodim jalb qilinadi, onlayn suhbat – imtihon jarayoni yozib olinadi.

Imtihon sinovlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, o‘qituvchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti 2020-2021 o‘quv yillari uchun kirish imtihonlarini to‘liq onlayn shaklda amalga oshirilgan.

Onlayn hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar.

(Yuklanishi lozim bo‘lgan hujjatlar)

1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (rangli skaner, pdf - 10Mb oshmagan holatda);
2. O‘quvchining 2019-2020 o‘quv yilini matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan “5” baholarga va boshqa fanlarni yaxshi “-5” va “4” baholarga bitirganligini tasdiqlovchi tabel maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (rangli skaner, pdf-10Mb oshmagan holatda).

3. 3/4 rasm (jpg/png/jpeg-formatida).

Ma’lumot uchun:

2020-yil 10-sentabr kunidan boshlab, ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli Call-center tashkil etiladi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться