O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

2020-09-16 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 15-sentabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Sohaga doir vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda Prezident Sh.Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi sohasidagi berilgan topshiriqlari ijrosining borishi tahliliy muhokama qilindi.
 
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Z.Nizomiddinov ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini yanada oshirish muhimligini qayd etdi.
 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun oziq-ovqat xavfsizligi va yer munosabatlari sohalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish, yangi ilmiy va innovasion texnologiyalarni keng joriy etish kabi ishlarni tizimli tashkil etish muhimligini ta'kidladi. Bu borada Vazirlik oldida katta vazifalarni amalga oshirish zarurligi bildirdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-sentabrdagi “Er hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 9- sentabrdagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi vazifalar yuklatildi.
 
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
 
Ro‘zmetov Maksud Ismailovich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
 
M.Ro‘zmetovga er va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me'yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini (Global G.A.P.) keng joriy etish vazifalari topshirildi.
 
Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
 
S.Xodjayevga oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar bilan qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizasiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish, oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini jadallashtirish, zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish kabi vazifalar topshirildi.
 
Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
 
Sh.Mirzayevga qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar (kreditlash, lizing, subsidiyalash va dotasiya berish) tizimini sohaning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yanada rivojlantirish, sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish, agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi vazifalar topshirildi.
 
Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich Vazirning fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari - Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.
 
B.Sulaymonovga qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari o‘rtasida integratsiyani ta'minlash, respublikada agroxizmatlar va qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, sohaga yangi ilmiy va innovasion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar topshirildi.
 
Yig‘ilishda sohaga doir boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi.
 
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться