O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
2020-09-08 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.
Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazida yiliga Sharof Rashidov tumanining yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslarini, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilangan.
Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi