O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chekka hududda ham yangi DXM

2020-09-02 | Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Davlat xizmatlari markazi avval eski binoda faoliyat koʻrsatayotgan edi. Bu yerda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun deyarli sharoit boʻlmaganligi uchun ham davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi asosiy tamoyillarga javob berishda noqulayliklar tugʻdirardi.

— Ilgari Davlat xizmatlari markazi kichik binoda, xonalari va kutish zallari tor boʻlganligidan xizmat koʻrsatishda noqulayliklar tugʻdirar edi, — deydi Davlat xizmatlari markazi direktori Pazil Reymkulov. — Ushbu yaratilgan sharoitlarning hammasi tumanda istiqomat qilayotgan 40 mingdan ziyod aholining davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun yaratilgan boʻlib, endilikda zamon talablariga javob beradigan bunday koʻrkam inshootda xalqimiz uchun sidqidildan xizmat koʻrsatamiz.

Milliylik va zamonaviylik aks etgan yangi bino oʻzgacha dizayn talablariga asosan barpo etilgan. Zalda oʻrnatilgan monitorlarda 140dan ziyod davlat xizmatini olish tartiblari tashrif buyuruvchilarga taqdim etib boriladi.

Shuningdek, binoda tuman FHDYO boʻlimi va adliya boʻlimi, notarius, Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi joylashgan.

Manba: Davlat xizmatlari agentligi

Поделиться