O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma'lumotnomalarni olish soddalashtirildi

2020-08-26 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma'lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
 
Endilikda, ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomalarni olishda Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tomonidan amalga oshiriladi.
 
Uning uchun ariza beruvchi mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.
 
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
 
Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma'lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
 
Davlat xizmatlari markazidan ma'lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikasiya tizimi orqali xabardor qiladi.
 
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi unga ma'lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
 
Shuningdek, pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma'lumotlarini taqdim etmasdan:
 
2005 — 2016 yillar davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan;
 
2016 — 2018 yillar davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri ma'lumotlaridan;
 
2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri ma'lumotlaridan foydalaniladi.
 
Qabul qilingan qaror, Hukumatimizning aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan qatlamiga bo‘lgan doimiy e'tiborning yaqqol ifodasidir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Поделиться