O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Normativ-huquqiy hujjjatlarni ishlab chiqish va kelishish bo‘yicha yagona elektron tizim muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn seminar
2020-08-27 | Texnologiyalar
Joriy yilning 27-avgust kuni Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — “project.gov.uz”dan foydalanishda aksariyat vazirlik va idoralarning yuridik xizmati hamda mazkur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etuvchi xodimlar malakasini oshirish maqsadida videokonferens-aloqa tizimi orqali onlayn seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda “O‘zkmonazorat” DI Normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi hamda Yuridik bo‘limning mas'ul xodimlari qatnashdi. Seminar davomida “project.gov.uz”dan foydalanish jarayonida kuzatilayotgan xatoliklar, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan ishtirokchilar tomonidan mulohaza va takliflar berilgan.